TIQXMMI yangiliklari

img
08.11.2021

Talaba yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha institut yoshlari qatori fakultetimiz talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, 5  muxim tashabbus doirasining ikkinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni jismoniy  chiniqtirish, ularning sport soxasida qobilyatini namoyish qilish bo‘yicha joriy yilning 6-7 noyabr kunlari Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan talaba yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sportga qiziqtirish, jismonan baquvvat, ma’nan etuk kadrlar tayyorlash maqsadida, fakultetimiz talaba-yoshlari o‘rtasida sportning «Mini-Futbol» turi bo‘yicha “Dekan kubogi” o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan musobaqada jami 22 ta jamoa, ya’ni  154 talabalarni qamrab olgan o‘yinda birinchi o‘rinni 303 gurux talabalari, ikkinchi o‘rin 306-gurux talabalari, uchinchi o‘rin 406-gurux talabalari egallashdi.  G‘oliblarga estalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.

 

 

                                  YOBIB dekan muovini K.Usmonov

                     TIQXMMI matbuot xizmati