Talaba yoshlarni yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish – dolzarb vazifa
Joriy yilning 13 noyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, 1-5-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islamova va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti tyutori A.Xaydarovlar hamkorligida 5-Talabalar turar joyi “Yer resurslari va kadastr” fakulteti talaba yigitlari bilan “Yoshlarni ekstremistik tashkilotlariga kirib qolishlarini oldini olish” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.
Tadbir talaba yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, iqtidorini rivojlantirish, axborot xurujlari va nosog'lom muhitdan himoyalash maqsadida tashkil etildi. Bugun mamlakatimizda yoshlar masalasiga har qachongidan ham katta e'tibor qaratilmoqda. Yosh avlodning har taraflama yetuk va komil inson bo'lib voyaga yetishida nafaqat ota-ona balki jamiyat ham birdek mas'uldir. Tadbirda universiteti psixologi M.K.Muhammedova ma'ruza qilib, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor va yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida va bunga javoban ular yurtimiz taraqqiyoti uchun o'z hissasini qo'shmog'i hamda bor diqqat-e'tiborini bilim olishga qaratishi lozimligi haqida to'xtalib o'tdi. Universitet psixologi M.K.Muhammedova o'z so'zida bugungi kunda oliy ne'mat bo'lgan tinchlik-osoyishtalikka rahna solayotgan turli ekstremist va terrorchi tashkilotlar, ularning soxta da'volari va g'oyalarining asl maqsadi, ularning olib borayotgan taktik harakatlarini aniq misollar orqali yoritib berdi. Shu bilan birga, tadbirda yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyasiga ta'sir ko'rsatadigan axborot xurujlaridan asrash, xavfsiz internet muhitini shakllantirish uchun Prezidentimizning “jaholatga qarshi ma'rifat” – ulug'vor g'oyasini bosh mezon sifatida olish kerakligi alohida ta'kidladi. Tadbir davomida 1-5-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islamova va “Yer resurslari va kadastr” fakulteti tyutori A.Xaydarovlar ham so'zga chiqishib, yig'ilish ishtirokchilariga mavzu yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi. Tadbirda talaba yoshlardan mavzuga doir test olindi va natijalari muhokama qilindi. Tadbirda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bir qatorda, kelgusi ish va o'qishlarida foydalanadigan zarur maslahat va tavsiyalar ham olishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti