Talaba yoshlar orasida kitobxonlikka jalb qilish
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayev kuni kecha 1-kurs faol talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonaga tashrif buyurdilar. Sayohat qadimiy kitoblar muzeyiga tashrif bilan boshlandi.
Keyinchalik, o‘quv zallari, ularda kerakli adabiyotlarni qidirish va olish tartibi, kutubxona xodimlari tomonidan taqdim etiladigan qo‘shimcha xizmatlar bilan tanishdilar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba yoshlar orasida kitobxonlikga keng jalb qilishdir. Sayohat yakunida talabalar ro‘yxatga olish xonasiga taklif qilinib, u yerda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
"Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati