TIQXMMI yangiliklari

img
30.01.2024

Talaba uchun kichik rag'bat

Iqtisodiyot fakulteti, Iqtisodiyot kafedrasining professori S.Umarov tashabussi bilan Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishi, Iqtisodiyot yo'nalishi talabalari uchun tajriba tariqasida "bilim uchun rag'batlantirish", talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, ularda do'stlik, hamjihatlik kabi qadriyatlarni shakllantirish maqsadida Asaxiy Books kitoblar do'koni bilan hamkorlikda kichkina loyiha sinovdan o'tkazildi. Fanlardan o'qituvchining dars o'tish metodikasi bo'yicha, fandan eng yuqori ball olgan, fanni nazariy va amaliy ahamiyatini yaxshi tushungan talabalarga New york times bestellerlari, Asaxiy booksda eng ko'p sotilgan kitoblar, Xalq banki hamkorligida tarjima qilingan shaxsiy rivojlanish, iqtisodiyot, bank, moliya va bisnesga oid kitoblar sovg'a qilinishi.

 

2022-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Bugun 30-yanvar kuni Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti va Raqamli iqtisodiyot fanlaridan eng yaxshi natija qayd etgan 20 nafar talabalar taqdirlandi. Taqdirlash jarayonida kafedraning professor-o'qituvchilari, fakultet dekani ishtirok etdi va talabalarga o'zlarining samimiy tilaklarini bildirib o'tdi. O'ylaymizki, bilimga sarflangan investitsiya va hamkorlik o'z natijasini beradi.