TIQXMMI yangiliklari

img
11.02.2023

Talaba qizlar shijoati

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish” bo‘yicha Milliy dasturida  oilada ayolni o‘z o‘rnini  topa olishi uchun eng avvalo  kasb egasi bo‘lish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish, oliy taʼlim olishlari bilan bir vaqtda hunar egallashlariga ko‘maklashish va yuksak maʼnaviy asoslarga ega zamonaviy oila modelini ishlab chiqishga qaratilgan vazifalar belgilangan edi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda Universitet xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi taklifi va Universitet rektorining qoʼllab- quvvatlashlari bilan talaba qizlarimiz “SANAM SCHOOL” oʼquv markazida “uy hamshiraligi” va “kosmetologiya” kurslari boʼyicha bilim olmoqdalar. 

        Universitet xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahat kengashi raisi Z. Karabaevna rahbarligida qizlarning kurslarga qatnashish holati, hunar oʼrganishda yaratilgan sharoitlar boʼyicha muntazam nazorat yoʼlga qoʼyilgan. Jumladan, joriy yilning 10–fevral kuni GM fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan muovini Z.F. Beknazarova va fakultet tyutorlari D.Аxrarova, G.Аxmedjanova, Z. Tursunovalar tomonidan talaba qizlarning kasb oʼrganish jarayoni oʼrganildi. Talaba–qizlarimizning oʼqish jarayonida naqadar faol, qunt bilan oʼrganishlari ularning boʼsh vaqti mazmunli oʼtayotgani va oʼz qiziqishlari boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlayotganliklaridan juda xursand ekanligidan dalolat edi.