TIQXMMI yangiliklari

img
24.04.2022

Talaba - qizlar o‘rtasida kitobxonlik va odob-axloq qoidalari

Bugungi kunda aholi, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga koʼmaklashish, yoshlarga moʼljallangan adabiyotlarni chop etishni qoʼllab-quvatlash dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Kitob va kitobxonlikka eng yuqori darajadagi bu eʼtibor bejiz emas, balki mamlakat ertangi kuni, uning egasi boʼlmish yosh avlod maʼnaviy olami, rostgoʼylik, mulohazakorlik, adolatpeshalik, illatlarga murosasizlik, mantiqiy fikrlay olish fazilatlaridan xavotir taqozosidir.

Yer resurslarini boshqarish fakulteti talaba sizlari joylashgan 4  talabalar turar joyida kitobhonlik haftasi doirasida “Men sevgan kitob” mavzusida tadbir bo`lib o`tdi. Unda bir qator qizlarimiz darsdan bo`sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlari to`g`risida tengdoshlariga ma`lumotlar berishdi. Bu kabi so`zlarni eshitgan qizlarimiz ham o`qigan adabiyotlarini, asarlarini, hikoyalarni bima-bir so`zlay ketishdi. Zero, mutolaaga bogʼlangan koʼngil kitobdan behad ulugʼ maʼnaviy ozuqa oladi. Unda yaratilgan obrazlar baxtidan quvonadi, tashvishi, xato va kamchiliklaridan iztirob chekadi, odob-axloq va tarbiyasidan namuna, sabr va matonatidan ruhiy quvvat oladi. Shunningdek, tadbir so`ngida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekan muovini H.Eshova, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizova, fakutet tyutorlari talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ahamiyatga ega boʼlgan va qizlar bilishi zarur boʼlgan maʼlumotlarni berishdi. Shuningdek, talaba-qizlar qanday axloqqa ega boʼlishi kerakligi ularning kiyinish madaniyati va telefondan to`g`ri foydalanish odobi kabi mavzularda soʼz yuritishdi. Davra suhbatlar jarayonida milliy urf-odatlar va qadriyatlar masalasi xususida ham gapirib o`tishdi. Bu uchrashuvlardan koʼzlangan asosiy maqsad esa talaba-qizlarni hayotga tayyorlash, ularga toʼgʼri yoʼl koʼrsatish hamda maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdan iboratdir.

Universitet matbuot xizmati