TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2021

Talaba qizlar bilan dildan suxbat

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ma’naviy omillar ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan. Mohiyat-mazmunini milliy istiqlol g‘oyasining maqsadmanfaatlari tashkil etgan bu jarayonda ijtimoiy munosabatlarning demokratik qadriyatlar asosida qaror topishi, erkin fuqarolik jamiyati asoslarining mustahkamlanishiga alohida ahamiyat  berilishi natijasida: bir tomondan, jamiyat taraqqiyotiga xos ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy paradigmalari shakllanmoqda, boshqa tomondan, jamiyatda ijtimoiy qatlamlar  o‘rtasida yangi munosabatlar uyg‘unligi qaror topmoqda. Bu esa, oila, oilaviy munosabatlarni milliy va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar negizida rivojlantirishni taqozo qilmoqda.

Gidromelioratsiya fakulteti talaba qizlari bilan Professional ta’lim va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsentlari Dilrabo Muqumova va Durdona Mustafoevalar 4-son Talabalar turar joyida dildan suxbat qildilar. Qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kabi vazifalar suxbatning asosiy mazmunini tashkil etti.

TIQXMMI matbuot xizmati