TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Tajriba maydoniga tashrif

"TIQXMMI"MTU ning "Gidromelioratsiya" fakulteti dekani Alisher Fatxullayev boshchiligida "Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi" mutaxassisligi  magistrantlari bilan birgalikda 21-aprel kuni Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanidagi tajriba maydoniga tashrif buyurishdi.

Bilamizki bugungi kunda mamlakatimizda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Unga asosan suvdan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish maqsadida suvdan foydalanuvchilar hamda iste'molchilarning majburyatlarini yanada oshiradi. Yurtimizda qonun talablari asosida qishloq xo'jaligining ko'p suv talab etuvchi tarmoqlari sezilarli darajada qisqartirildi. Sohada suvni tejashga qaratilgan ko'plab yangi texnologiyalar joriy etildi. Suv resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizga AQSh ning "Lindsay" kompaniyasining yomg'irlatib sug'оruvchi texnologiyasi keltirilgan. Bu Universitetimizning o'quv ilmiy markaziga ham "Centre pivot" turi  joylashtirilgan. Bundan maqsad yosh professor o'qituvchilar, doktarantlar , magistrlar hamda talabalarni amaliyotini zamon talablari darajasida tashkil etish uchun yangi tadqiqot sifatida ishlatilmoqda. Hozirda Universitetimizning o'quv ilmiy markazida 7.2 gektar maydonda jumladan, 3.6 gektar paxta, 1.8 gektar g'alla, 1.8 gektar maydonda makkajo'xori ekinlarini yetishtirish jarayoni boshlab yuborildi. Yomg'irlatib sug'orishni qo'llash davomida qishloq xo'jaligi ekin talabidan kelib chiqgan holda suvni berish natijasida o'simlik faol qatlamida kerakli namlik yaratiladi. Buning oqibatida o'simlik uchun zarur bo'lgan suv, havo, ozuqa va tuz tartiboti muvozanati ushlab turiladi. Havoning yer usti qatlamidagi nisbiy namlikni oshiradi. Nisbiy namlikni oshirish natijasida  suv dala bo'ylab bir tekis taqsimlanadi va sug'orish egatlari, ariqlarni qurishiga zarurat tug'ilmaydi. Ushbu texnologiyaning yomg'irlatib sug'orish manbalari daryo, kanal, chuchuk suv quduqlari hisoblanadi va elektr energiya bilan ishlash jarayonida bir kecha kunduzda 190 gektar yerni sug'orish imkoniga ega. Bu texnologiyaning sprinklerlarini  gidravlik hisoblarini inobatga olib, mahkamlash va uni sinab ko'rish tashrifning asosiy maqsadi hisoblandi.

           GM fakulteti 1-bosqich talabasi  Madina Rustamova axboroti

             Universitet matbuot xizmati