TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2022

Tadqiqot o'tkazish jarayoni

2022 - yil 17 - aprel kuni "TIQXMMI" MTUning O'quv-ilmiy markazida "Irrigatsiya va melioratsiya" kafedrasining 2022 -yilda ish rejasi bo'yicha "Turli muddatlarda ekilgan gulkaramni yomg'irlatib sug'orish tartibining samaradorligini baholash" bo'yicha ilmiy tadqiqotlarini olib borish uchun joriy yilning 17 -aprel kuni kafedra professor o'qituvchilari, Isayev Sabirjan Xusanbayevich boshchiligida Botirov Shavkat Choriyevich, Tadjiyev Sunnat Saydaliyevich, Malikov Elyor Nazarkulovich, kafedra doktaronti Nazullayev Jamshid Djabbarovich kafedraning 2-chi bosqich "Melioratsiya va sug'orma dehqonchilik" mutaxassisligi  magistrlari Yuldoshev Komil Qurbonovich hamda "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari tashrif buyurishdi.

3 - aprel kuni ekilgan gulkaramning "Raskot" navining rivojlanishi qanday holatda ekanligi bilan tanishdi, shu dala tuprog'ining suv o'tkazuvchanligi, tuproqning chenlangan dala nam sig'imi aniqlandi hamda professor Isayev Sabirjan Xusanbayevich "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari “Suv tejovchi texlogiyalarining sug‘orma dehqonchilikdagi o‘rni” mavzusida mahorwt o‘tkazdi.

 

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi аss. S.S.Tadjiyev axboroti

Universitet matbuot xizmati