Tadbirdan olingan ilhom
“TIQXMMI” MTU Xor jamoasi a'zolari ilk bora sahnaga chiqishgan kundanoq muxlislar qalbidan munosib o'rin egallab ulgurishgan edi. Hozirgi kunda jamoa a'zolari universitetda o'tkazilayotgan barcha tadbirlarda o'z ishtiroki bilan qatnashib ko'plab muxlislar orttirish bilan birgalikda o'zlariga bo'lgan ishonch mustahkamlanib bormoqda. Referendum munosabati bilan uyushtirilgan tadbirdagi chiqishlaridan so'ng jamoa a'zolari ilhomlanib, yanada shijoat bilan ishlash, yangi g'oyalar va qo'shiqlar o'rganish ustida ishlar olib borishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'yishdi. “AmirTemur yodi”, “Ustoz yodi” kabi qo'shiqlar ustida ishlab musiqaga oshno insonlar qalbidan yanada chuqurroq o'rin egallashni o'z oldilariga maqsad qilishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati