TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2022

Tabiatni asrash - jamiyat orzusi

    Kecha YeRB fakulteti 114-guruh talabalari va guruhimiz tyutori D.Egamova bilan shahrimizdagi O'zbekiston Davlat Tabiat Muzeyiga sayohat uyushtirdik. Muzeyda ko'plab Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni, parrandalarni ko'rdik. Muzey 1936 - yili O'zbekiston Davlat Tabiat muzeyiga aylantirilgan. Muzeyda jami 372021 jumladan, botanika bo'yicha 10496, zoologiya bo'yicha 359642 ( shundan 355045 hasharotlar) geologiya bo'yicha 1883 ta eksponat bor.

    Muzeyda o'lkashunoslik va muzeyshunoslik masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari ham olib borilarkan. Muzeyni har yili 50 mingdan ortiq kishi kirib ko'radi. Bizlar muzeyda rassomni uchratdik, ular bizga rassomlik sirlarini o'rgatdilarHayvonot olamida chizilgan rasmlar juda gayrioddiy o'ziga odamni mahliyo qiladi. Biz rasmlarni ko'rib zavq oldik.

YeRB  fakulteti talabasi Erkinov Sarvar axboroti

Universitet matbuot xizmati