Tabiat tana bo’lsa, jamiyat jon
2024-yil 22 - aprel kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti Xotin-qizlar Kengashi hamda “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi professor o‘qituvchilari M.Abdukarimova va K.Shipilovalar 22-may Xalqaro bioxilma-xillik kuniga bag‘ishlab “Bioxilma-xillikni saqlashda yoshlarning roli” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi, Xodjaeva Moxira Mirzaxmadovna “Bioxilma-xillikni saqlashning huquqiy asoslari: muammo va yechimlar” mavzusida ma’ruza qildilar. Mamlakatning barqaror rivojlanishiga, ekologik xavfsizligiga erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun qulay atrof muhitni yaratish hamda tabiiy resurslarni saqlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash.
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashish. Mamlakatda atrof muhit holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni kompleks hal etishga yo‘naltirilgan dastur va harakatlar strategiyasini shakllantirish va ilgari surish va atrof muhitni muhofaza qilish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va tabiatdan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish shuningdek Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik holatni yaxshilash, boshqa ekologik noqulay hududlarda atrof muhitni sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini saqlash, ekologik muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan innavatsion g‘oya va texnologiyalarni, dastur va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha ma’ruza qildilar.
“Gumanitar fanlar” kafedrasi tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Botirova Halima Eshmamatovna so‘zga chiqib, “Yangi O‘zbekistonda olima ayollarni ijtimoiy iqtisodiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash” mavzusida ma’ruza qildi. Xotin-qizlarning ta’limi va ilm-fan bilan shug‘ullanishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni va 2022-2026- yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha vazifalaridan kelib chiqqan holda Universitetda yaratilgan sharoitlar imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. Tadbir qizgin bahs - munozaralarga boy bo’lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar,
“Ekologiya va huquq”fakulteti Xotin- qizlar Kengashi axboroti
Universitet matbuot xizmati