Tabiat qo'ynidagi quvonchli onlar
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi va xormeysteri M.K.Muhammedova tomonidan Gidrotexnika qurilishi, Gidromelioratsiya, Yer resurslari va kadastr, Iqtisod, Energetika fakultetlari Xor jamoasining bir guruh talaba yoshlari bilan “Do'stlar davrasidagi ideal kunim” shiori ostida talaba yoshlarga ruhiy motivatsiya berish, yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish, talaba yoshlarda hamjihatlilik, oqibatlilik , mehr muruvatlilik xususiyatlarini yanada kuchaytirish hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbir tashkil etildi. Bu galgi uyushtirilgan tadbir ham shahidlar xotirasi maydonida ochiq havoda “Piknik” tarzida tashkil etildi. Tadbirda aeroterapiya, sport terapiya usullaridan foydalanilgan holda mashg'ulotlar tashkil etildi. Aeroterapiya insonda qon aylanishini yaxshilab, tanada kislorod darajasini oshishiga yordam beradi. Sport terapiya insonning nafaqat jismoniy holatini balkim psixologik kayfiyatini ham ko'tarish xususiyatiga ega bo'lgan usullardan biridir. Tadbir avvalida talaba qizlarimiz o'z qo'llari bilan yeguliklar tayyorlashib, dasturxon bezatishdi. Barcha talabalar ochiq havoda hamjihatlilik, do'stlik rishtalarini mustahkamlagan holda ovqatlanishib, tadbirning ikkinchi qismini voleybol o'yinlari bilan davom ettirishdi. O'tkazilgan tadbir ishtirokchilarning tabiat qo'ynida madaniy hordiq chiqarishlari bilan birgalikda yangi ijodiy g'oyalar tug'ilishiga turtki bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz va jamoa a'zolaridan yangi-yangi g'oyalarni kutib qolamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat