Suvdan samarali foydalanishda – suvni avtomatik boshqarishning ahamiyati
2024-yil 23-aprel kuni soat 14:00 da “Gidromelioratsiya” fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasiga qarashli bo‘lgan G-501 auditoriyada Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Umumiy fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shodiyev Ravil Rajabovich tomonidan "Tuproq namligini aniqlash va boshqarishning avtomatik tizimi" mavzusidagi ONLАYN va OFLАYN shaklda maʼruzasi bo‘lib oʼtdi.
Maʼruzada Universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va talabalar qatnashdi.
Maʼruza davr talabiga mos ravishda suv tanqisligi sharoitda qishloq xo‘jalik ekinlarini suvga bo‘lgan bo‘lgan talabi asosida tuproq namligini boshqarishda yuqori ahamiyatga ega ekanligini xamda sug‘orishni avtomatik tarzda boshqarish mumkinligini ko‘rsatib berish bilan bir qatorda mavjud suv va elektr energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishda muhim ekanligi maʼruzachi tomondan ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqqan holda ekin turlarini yetishtirishda amaliy tomondan erishilgan natijalarga asosan ko‘rsatib berildi.
Qatnashchilarda mazkur qurilmani Universitet xovlisida hamda “O‘quv-tajriba” xo‘jaligida tajriba tariqasida qo‘llash kerakligi bo‘yicha bir qator munozarali takliflar berilib, tadbir qiziqarli xamda savol va javobga asosida yaxshi o‘kazilganligi qatnashchilar tomondan keltirib o‘tildi.
“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti Mardiyev SH.X axboroti