TIQXMMI yangiliklari

img
30.05.2024

“Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishida yakuniy davlat attestatsiya imtihoni

Joriy yilning 30-may kunida Gidromelioratsiya fakulteti bitiruvchi talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasi (YDA)ni topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi Universitet rektorining 547/t buyrug‘i asosida “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasida kunduzgi ta’lim shakli “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestatsiyasi tashkil etildi. Bitiruvchi talabalarning o‘qish davri davomida olgan bilimlari, ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda bilimlarini imtihon komissiyasi tomonidan baholab borildi. Imtihon, M.A.Yakubov raisligida, a’zolari M.Xamidov, A.Muxammedxodjayev, A.Utayev, I.Begmatov. M.Abdukodirova, N.Gadayevlar tomonidan o‘tkazildi. Ushbu imtihonda Universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori B.A.Xudayarov, “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi boshlig‘i N.Eshpulatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparovlar ham ishtirok etib, bitiruvchi talabalar tomonidan berilayotgan javoblarni tinglashdi hamda barcha talabalarga kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

“Irrigatsiya va meliortasiya” kafedrasi Sh.Mardiyev axboroti