“Suv tinchlik uchun" mavzusi ostida viktorina
Joriy yilning 13-martda “TIQXMII” Milliy tadqiqot universitetining “G” binosidagi ma'ruzalar zallari foyesida AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning suv resurslari va atrof-muhit mintaqaviy loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda Butunjahon suv kunini nishonlash doirasida "Suv tinchlik uchun" mavzusi ostida viktorina musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu viktorinada Oliy ta’lim muassasalarining suv resurslari, ekologiya, qishloq xo‘jaligi va energetika yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriatura, magistratura hamda PhD talabalari orasida “Yer resurslari va kadastr” fakultetining 3 - kurs talaba-yoshlari ham jamoa bo`lib, ishtirok etib, faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishdi. Biz barcha talabalarimizga yutuqlari bardavom, bo`lishini tilaymiz.
Universitet matbuot xizmati