Suv taʼminot toʻyintirish inshootiga tashrif
Joriy yilning 29-iyun kuni "QSXET" fakulteti "Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishni avtomatlash va boshqarish" kafedrasi 1-kurs "ATT" va "TJICHAB" yo'nalishi talabalari o'zlarining navbatdagi amaliyotini Suv taʼminot toʻyintirish inshootiga borishdi.
Amaliyotda talabalarga "TJICHAB" kafedrasi assissitent- o'qituvchisi Aziz Nigmatov boshchiligida qildi.Talabalar inshootga yetib borgani bilan, ularni inshoot menejeri kutub oldi.
Oʻquvchilarga menijer inshoot tashqi tuzilishi, uning qanday ishlashi, qiladigan ishidan maqsadi hamda qancha miqdorda suvni qayta ishlashi haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Amaliyot soʻngida talabalar inshoot ichini koʻrib oʻzlari olgan tushunchani yanada mustahkamlashdi.
QSXET fakulteti 1-bosqich talabasi To'lqin Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati