Suv resurslari-kelajak uchun
2023-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining tadbirlar zalida “Suv resurslari – kelajak uchun” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra suhbatida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi doktoranti Jahongirmirzo Mirzaqobulov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.
Tadbir davomida J.Mirzaqobulov yig‘ilganlarga suv hayot manbayi ekani, tabiatning eng noyob, bebaho boyliklaridan biri hisoblanishi, tabiiy muhit muvozanatini saqlab, uni mo‘tadil holatda ushlab turuvchi asosiy omil ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga bugungi kunda dunyo miqyosida suv resurslariga bo‘lgan talab tobora ortib borayotgani, suv taqchilligi, toza ichimlik suviga bo‘lgan talabning oshishi fonida iqlimning ham o‘zgarishi, ko‘plab nizolar, ekologik muammolar yuzaga chiqishini oldini olish maqsadida suvdan oqilona foydalanish zarur ekanini aytib o‘tdi.
Tadbir yakunida departament xodimlari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.