TIQXMMI yangiliklari

img
16.11.2023

Stress va salbiy emotsiyalarni boshqarishni o'rganamiz

Joriy yilning 14 noyabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy  tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutorlari D.Xursandova, X.Saidova va 1-5-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Sh.Islamovalar hamkorligida 1-Talabalar turar joyi  “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti talaba qizlari ishtirokida "Stress bilan kurashishni  o'rganamiz!" shiori ostida trening o'tkazildi. Trening talaba qizlarga ruhiy motivatsiya berish orqali ularda yuzaga kelayotgan tashqi va ichki zo'riqishlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda stressni keltirib chiqaruvchi omillar va ulardan xalos bo'lish yo'l-yo'riqlari, stressdan xalos bo'lishga ta'sir etuvchi oziq-ovqatlar haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir davomida A. I. Tashevaning stressga moyillikni aniqlash testi, “Niqoblarsiz” mashg'uloti o'tkazildi va javoblari muhokama qilindi. Stressga moyilligi bor talaba qizlar aniqlanib, individual konsultatsiyalar tashkillashtirishga kelishib olindi. 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati