Startup loyihalardagi xato va kamchiliklar
Yoshlarning startaplari va innovatsion g‘oyalarini rag‘batlantirish bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarning eng asosiy tamoyillaridan biri desak mubolog‘a bo‘lmaydi. Shu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan holda 14 aprel kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ilxomov va Innovatsion ishlanmalarni moliyaviy, iqtisodiy va texnik ekspertizasi boshqarmasi etakchi xodimlari tomonidan Universitetimiz talabalari bilan birgalikda startap loyihalarini qo‘llab- quvvatlash va texnik ekspertizadan o‘tkazish tartibi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarning o‘tkazilishidan asosiy maqsad talabalarga muvaffaqiyatli startaplar qanday jarayonlarni bosib o‘tishi va ishni nimadan boshlash kerakligi to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan. Jumladan startap loyihalarni tanlovlarda topshirish jarayonida nozik tomonlari bo‘lgan texnik ekspertizadan o‘tkazish tartibi, loyiha xarajatlar smetasi va moliyaviy natijalar to‘grisidagi prognoz hisoboti bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Seminar so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli hamda foydali javoblarni olishdi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini
tashkil etish bo‘limi axborot