TIQXMMI yangiliklari

img
03.11.2022

“STANDART ELEKTRO TEXNIKA” mchjga tashrif

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-sonli Farmonining 3-bob 5-bo‘limida, ishlab chiqarish korxonalarida dars mashg‘ulotlari va talabalar amaliyotini samarali tashkil etish, hamda Institutimizning 2019 yil 30 sentyabrdagi  6-majlis bayonining 12-bandiga asosan ya’ni Universitetda talabalarni 5+1 (besh kun universitetda va bir kun ishlab chiqarishda) tizimi asosida o‘qitishni joriy etish maqsadida, 5430500-Qishloq va suv xo‘jaligida energiya ta’minoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi 3 kurs talabalarini, 2022 yilning  2 noyabr “ET va EJF” kafedrasi v.b dotsenti N.A.Nuralieva va assistent Z.Z.Djumaboevalar 301, 302-guruhlarni “STANDART ELEKTRO TEXNIKA” MChJga olib borib mutaxacsislik fanlaridan mutaxassislar bilan birgalikda dars mashg‘ulotlarini olib bordilar. Talabalar uchun bu dars mashg‘ulotlari juda qiziqari va mazmunli o‘tdi. Talabalar o‘zlari qiziqqan savollariga mutaxassislardan yetarlicha javoblar olishdi. 

Universitet matbuot xizmati