TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

Sport sog'lomlashtirish tadbiri

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti ayol professor-o‘qituvchilari va xodimlar o‘rtasida joriy yilning 22-yanvar kuni Sport sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir bo‘yicha barcha fakultet professor-o‘qituvchilari va xodimlarga e’lon berildi va mazkur tadbirga qatnashish istagi bor jamoalar ro‘yhati shakallantirildi.

Ayollar o‘rtasida sport sog‘lomlashtirish musobaqasida quyidagi (Voleybol, stol tennis, shaxmat, shashka) sport turlari bo‘yicha bellashdilar.


Tashkil etilgan ushbu sport sog‘lomlashtirish tadbiridan asosiy maqsad ayol o‘qituvchi va xodimlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratildi. Mazkur tadbirda barcha xodimlar o‘zlari qiziqqan sport turi bo‘yicha ishtirok etishdi va o‘tkazilgan tadbir murosasiz, do‘stona hamda qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi.