TIQXMMI yangiliklari

img
05.11.2022

Sport-sog’lom hayot garovi

          "TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova va “Jismoniy tarbiya” kafedrasi o‘qituvchisi  F.Odilova bilan birgalikda 2022 yilning 4 noyabr sanasida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, “Voleybol” musobaqasi “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 bosqich 113 guruh talabalari hamda  “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” 105 guruh talabalari bilan tashkil qilindi. Bu musobaqada “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 - bosqich 113 guruh talabalari g'olib chiqishdi.

         Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan  asosiy maqsad 5 muhim tashabbusning ikkinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari hamda  yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat. Talabalar bu musobaqadan yuqori kayfiyatda qaytishdi, ularda sportga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.

                          "Gidromelioratsiya" fakulteti tyutori G. Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot xizmati