TIQXMMI yangiliklari

img
20.06.2022

Sport - sogʼliq kafolati

Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta eʼtibor berib kelinmoqda.

Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy taʼlim muassasasida sport bilan shugʼullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida may oyida sportni har bir turi boʼyicha musobaqalar oʼtkazilmoqda.

Xabaringiz bor “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining 2-kurs talabalari Toshkent viloyati Oʼrta Chirchiq tumani Sof oltin massivida mutaxassislik fanidan oʼquv amaliyotini oʼtashmoqda. Joriy yilning 19 - iyun dam olish kuni fakultet dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, xotin-qizlar kengashi raisi Z.Hafizova hamda fakultetning professor-oʼqituvchilari tashabbusi bilan oromgohda talaba-yoshlarni oʼquv amaliyotidan boʼsh vaqtlarida har bir guruhlar oʼrtasida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida qizlar oʼrtasida shashka, oʼgʼil bolalar oʼrtasida voleybol hamda shashka –shaxmat musobaqalari tashkil etildi.

Ushbu musobaqada fakultetimizning barcha iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland talabalar oʼz guruhlari bilan faol ishtirok etdi. Musobaqa barcha guruhlar oʼrtasida tashkil etilganligi sababli oʼyinlar oʼziga xos tarzda shiddatli boʼldi. Darhaqiqat, musobaqa soʼngida talabalarimiz madaniy dam olishlari uchun ajoyib konsert dasturi ham boʼlib oʼtdi. Bunday tadbirlar, musobaqalar yanada davom etadi. Fakultet faollaridan yanada tashabbuskorlikni kutib qolamiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati