Sport - sog‘lik garovi
22-sentabr kuni "Gidrotexnika qurilishi" fakultetida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, talaba-yoshlarni sportga keng jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fakultet talaba-yoshlari o‘rtasida sportning futbol va shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi-2023” sport musobaqalariga start berildi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda universitetda nafaqat talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikma berishda balki, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va talaba-yoshlari o‘rtasida sportni ommalashtirish hamda sport musobaqalarini faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qator sa’y harakatlar olib borilmoqda. Ushbu “Talabalar ligasi-2023” sport musobaqasi ham ana shunday harakatlardan biridir.
Universitet matbuot xizmati