Sport sinovlariga start berildi
Joriy yilning 24-aprel sanasida "Energetika" fakulteti sport sevar talabalari universitet rektorining 13.04.2024 yil bilan tasdiqlangan grafik bo‘yicha "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarida faol ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq sport sinovlarini topshirgan fuqarolarning tahliliy maʼlumotlarini yagona elektron bazada yuritish amaliyotini joriy etish maqsadida my.sport.uz platformasida fakultet talabalari “Sport sinovlari”ga ro'yxatdan o'tishdi. Birinchi boshqich 60 metr va 2000 metrga yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi va talabalarimiz yuqori natijalar bilan ishtirok etishdi. Kelgusi musobaqalarga yosh sportchilarga omad tilaymiz.
“Energetika” fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti
Universitet matbuot xizmati