Sport musobaqalari – sog’lom avlod kafolati
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov hamda I.Ahmedovalar boshchiligida universitet sport majmusida talabalarning sport tayyorgarligi bo’yicha musobaqalarda ishtirokini ta’minlash maqsadida 60 metr hamda 2000 metrga yugurish musobaqalari o’tkazildi. Unda fakultetning 50 ga yaqin talabalari faol ishtirok etdi va yakunda g’oliblar aniqlandi va ularga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. Jadvalga muvofiq kelasi musobaqalar haqida tushuntirish va e’lonlar ham berib o’tildi. Fakultet tyutorlari musobaqani ko’tarinki va yaxshi kayfiyatda o’tishida yordam bergan “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o’qituvchilariga o’z minnatdorchiligini bidiradi.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar axboroti
Universitet matbuot xizmati