Sport - jismoniy va ruhiy salomatlik garovi
Mutaxassislar ta’kidlashicha, sport bilan muntazam shug‘ullanish insonni jismonan chiniqtiribgina qolmay, ruhiy jihatdan tetiklashtiradi, salomatligini mustahkamlaydi. Ayniqsa, ta’lim bilan bog‘liq sohalarda talabalar uchun sportning har qanday turining ahamiyati beqiyos ekanini “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakultetida ta’lim oluvchi har bir talaba chuqur anglab yetishmoqda.
Universitetda talabalarning mini futbol, stol tennisi, basketbol, voleybol, shashka-shaxmat bilan muntazam shug‘ullanishi bevosita Universitet rektorining, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi”ning, shuningdek, “Jismoniy tarbiya” kafedrasining e’tibor markazida. Buning uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Joriy yilning 19-aprel kuni Universitet sport majmuasida “Ekologiya va huquq” fakultetining 1-2-3-bosqich talaba-yoshlari “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalariga qatnashish uchun yig‘ildi.
"Ekologiya va huquq" fakulteti dekani B.Norov sport musobaqalarini ochish uchun so‘zga chiqib jamoa ishtirokchilariga omad tiladi. “Rektor kubogi”ga saralash musobaqalari “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri M.Norqobilov va kafedra o‘qituvchisi A.Xodjanovlarning hakamligi ostida adolatli, murosalarsiz va qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Sport turlari bo‘yicha g‘olib jamoalar aniqlandi. Musobaqa g’oliblarini tabriklaymiz, “Rektor kubogi”ni qo’lga kiritishga omad tilaymiz.
“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.X.Axmedova axboroti
Universiteti matbuot xizmati