Sport birlashish va bellashishdir
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda. Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti joriy yilning 6-7 oktyabr kunlari fakultet dekani Sh.Narbaev va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova, fakultet yoshlar ittifoqi etakchisi H.Tojiboev hamda tyutorlarimiz Ibragimova Surayyo, Xursandova Dilafro‘z, Vafoeva Manzura,tashabbuslari bilan fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida
“Sport - sog‘liq garovi” shiori ostida “Dekan kubogi” sport haftali bo‘lib o‘tdi. Bugun ushbu sport haftalikni taqdirlashi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada fakultetimizni iqtidorli, sportga ishtiyoqi baland barcha kurs talabalari guruhlar miqyosida faol ishtirok etishdi. Musobaqalar o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shashka-shaxmat, qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘zaro bellashishgan bo‘lsalar, qizlarimiz voleybol, stol tennisi va shashka-shaxbat turi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqamizda g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlandi. “Dekan kubogi” kubogini ikkinchi kurslardan ettinchi guruh talabalari qo‘lga kiritishdi. Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
ERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti
TIQXMMI matbuot xizmati