TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2023

Sport bayrami musobaqasi

2023-yilning 16-aprel kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti sport maydonida “Energetika” fakulteti yoshlari jam bo'lishdi. Sportning mini futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi turlari boʻyicha "Rektor kubogi" uchun saralash bahslari bo‘lib o‘tdi. 2023-yil 11-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tashkil etilgan sport musobaqasi kuni yakshanba ya'ni dam olish kuni bo'lishiga qaramasdan sportsevar, faol, shiddatkor talabalar bilan chinakam sport bayramiga aylanib ketdi. "Jismoniy tarbiya va sport" kafedrasi mudiri Norqobilov Muhiddin saralash bosqichini ochib berdi va barchaga omadlar tiladi. "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha" dekan o'rinbosari Buxarov Ismoil ham barchani olg'a chorladi. Fakultet Yoshlar ittifoqi sardorlari, guruh tyutorlari ham yoshlar jamoasining faollari bo'lishdi. Qizg'in ruhda o'tgan saralash bahslari natijalarini havola qilamiz.

Natijaga ko‘ra sportning MINI FUTBOL turidan jami 18 nafar guruh ishtirok etib quyidagi natijalar qayd etildi:

         1-o‘rin 2-bosqich 204-guruh jamoasi;

         2-o‘rin 1-bosqich 102-guruh jamoasi;

         3-o‘rin 3-bosqich 304-guruh jamoasiga nasib etdi.

VOLEYBOL turidan jami 6 ta guruh bahslariga ko‘ra quyidagi natijalar kuzatildi.

         1-o‘rin 1-bosqich 105-guruh jamoasi;

         2-o‘rin 2-bosqich 202-guruh jamoasi;

         3-o‘rin 1-bosqich 107-guruh jamoasi qo‘lga kiritdi.

Sportning BASKETBOL turidan jami 2 ta jamoa bahs yuritdi va shiddatkor talabalardan iborat fakultet terma jamoasi shakllantirib olindi.

Sportning SHAXMAT  turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) jami 15 nafar talaba ishtirok etib, natijaga ko‘ra:

         1-o‘rin 1-bosqich 102-guruh talabasi Usmonqulov Tursun

         2-o‘rin 3-bosqich 304-guruh talabasi Karimov Jahongir;

         3-o‘rin 3-bosqich 308-guruh talabasi Ibodov Akbar g'olib deb topildi.

SHAXMAT  turidan (qiz bolalar o‘rtasida)

         1-o‘rinni 3-bosqich 308-guruh talabasi Nurimbetova Go‘zal band etdi.

STOL TENNISI sport turidan (o‘g‘il bolalar o‘rtasida) jami 12 nafar da'vogar talabalar orasidan:

         1-o‘rin 1-bosqich 103-guruh talabasi Kiyamov Raul;

         2-o‘rinni 2-bosqich 210-guruh talabasi Kosjanov Murat;

         3-oʻrinni 2-bosqich 208-guruh talabasi Azerbayev Dilshod egalladi.

STOL TENNISI sport turidan (qiz bolalar o‘rtasida) jami 8 nafar da'vogarlardan:

         1-o‘rinni 1-bosqich 109-guruh talabasi Oralboyeva  Shoira;

         2-o‘rinni 2-bosqich 211-guruh talabasi Kamolova Nazokat;

         3-oʻrinni 2-bosqich 209A-guruh talabasi Majidova Marjona egalladi.

Barcha talabalarga 29-30- aprel kunlarida bo'lib o'tadigan "Rektor kubogi" musobaqasida zafarlar tilaymiz.

"Energetika" fakulteti tyutorlari axboroti

Universitet matbuot xizmati