TIQXMMI yangiliklari

img
31.05.2024

"Speaking club" faollari sertifikat bilan taqdirlandi

"Ingliz tili" kafedrasi qoshidagi iqtidorli talabalar bilan to'garak "speaking club" bu o'quv yili uchun faoliyatini yakunladi. Bu to'garakka 15ta talaba a'zo bo'lgan bo'lib, kafedra o'qituvchilari Mohidil Ziyadulloyeva va Nargiza Yuldashovalar tomonidan mashg'ulotlar olib borildi hamda shu talabalar orasidan muntazam to'garakda qatnashib, samarali ishtiroki bilan sifatli natijalari uchun 7 nafar talaba tanlab olindi va sertifikatlar bilan kafedra mudiri Baxtijon Isroilova tomonidan taqdirlandilar.

Ular orasidan 4 nafari iyun va iyul oylarida IELTS imtihoniga registratsiyadan o'tdilar va  ijobiy natijalarini ko'rsatishlariga ishonch bildirildi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldashova axboroti

Universitet matbuot xizmati