Soʻzlash san’ati tyutorlar talqinida
Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy so’z va so’zchi holiga boq degan mavzuda fikr bildirgan. Shu maʼnoda ustoz darsni boshlar ekan, Rahimboy Jumaniyozov zamonaviy usulda uyali aloqa moslamasida, “soʻzlar ma’nosini toping” dasturidan foydalanib tyutorlar bilan soʻz oʻyini tashkil etildi.
Oʻsha topilgan soʻzlardan tyutorlar ajib bir hikoya tuzib shu maʼnoda oʻz tafakkuri va fikrlar gʻoyasi qanaqa ekanligini koʻrsatib berdi. Albatta bunda kim qancha koʻp darsga qatnashgan, oʻqigan boʻlsa shuncha yaxshi tafakkur egasi ekanligini koʻrsatib berdi. Oʻz ustida ishlashni va soʻz ustida ishlashni oʻzi uchun masʼulyatni deb bilib yaxshigina hayotiy tajribaga ham ega boʻlyapti.
Soʻz bilan inson qalbini va ruhiyatini bilish sirlari ham albatta ustoz tomonidan oʻrgatilib boryapti. Bundan tashqari ustoz video, mikrofon, sahnada soʻzlash sirlarini ham oʻrgatib boryapti. Bundan mamnun tyutorlar darsga doim kelish kerak ekanini koʻzlaridan bilinib turdi.
Universitet matbuot xizmati