TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2023

So'zlar qalbga yo'l olsin

Bugun bo'lib o'tgan "Notiqlik mahorati" mashg'ulotida "Energetika" fakultetining 209A-guruh talabalari ham ishtirok etishdi. Professor, mohir notiq, universitet Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov ajoyib so'z o'yinlari bilan hammaga pozitiv kayfiyat ulashdilar. Qiziqarli tarzda tashkil etilgan mashg'ulotda so'z ma'nodoshlarini aytib, bir-biriga bog'lab gapirganlar ham bo'ldi va aksincha jumla tuza olmay gapira olmaganlar ham bo'ldi. Maqsad esa o’zbek tilida mavjud so‘zlar zahirasidan ko'proq foydalanish, takroriylikdan qochib, fikrni aniq va kezi kelganda badiiy tasvirlab tinglovchi, hamsuhbatiga yetkiza olish mahoratini oshirishdan iboratdir.

"Energetika" fakulteti 209A-guruh tyutori Z.Nuraliyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati