26.05.2022
"So’nggi qo’ng’iroq" tadbiridagi ishtirok
Bitiruv oqshomi yoshlarning xotirasida bir umrga o’chmaydi. Ularning quvonchlariga sherik bo’lishning o’zi baxt desak, xato bo’lmaydi. Juda ko’p shoiru olimlar, murabbiy va san’atkorlar umumta’lim maktablarida bo’lib bitiruvchilarga motivasion ruh baxsh etishdi.
Jumladan, Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan 222 - sonli umumta’lim maktabidagi "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirida prorektor R. Choriyev va "Xalq so’zi" gazetasining bosh muharrir o’rinbosari Shuhratjon akalar ishtirok etib o’quvchi va o’qituvchilarni ruhlantirib qaytishdi.
Universitet matbuot xizmati