TIQXMMI yangiliklari

img
14.02.2022

Soliqqa tortish tizimidagi o‘zgarishlar sharhi

2022 - yil 12 - fevral "Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish" fakultetida ATB Turon bank auditoriyasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi.  Seminarda zamonaviy kadrlarga juda yuqori talab qo‘yilayotganligi, bu borada raqobatning kuchayib borayotganligi sababli nazariya bilan amaliyotni bog‘lash juda muhim omil ekanligi qayd etildi.  Yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar tizimida soliq va soliqqa tortish tizimini ham kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurati masalalariga jiddiy e’tibor qaratiliyotgani ta’kidlandi.  Jismoniy va yuridik shaxslarni soliqqa tortish borasidagi eng yangi o‘zgarishlar aytilib, bank mutaxassisi Buxgalteriya hisobi va  moliyaviy hisobot departementi Boshqarma boshlig‘i Kirgizboyev Salimjon Salohiddinov tomonidan ularga sharhlar berildi.

         Universitet matbuot xizmati