TIQXMMI yangiliklari

img
10.04.2023

Sohibqironga bag’ishlangan ma'rifiy kecha

Shu kunlarda joylarda ulug’ sarkarda, davlat va jamoat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar bo’lib o’tmoqda. Shunday tadbirlardan biri 3-sonli talabalr turar joyida “Energetika” fakulteti talabalari va “Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi.

Tadbirda ishtirok etgan ustozlar ulug’ sarkarda Amir Temurning o’zbek davlatchiligida tutgan o’rni, xalqimizning ma’naviy va ma’rifiy dunyoqarashini rivojlanishiga qo’shgan hissasi haqida ta’kidlab o’tdilar. Shundan so’ng fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan buyuk tarixiy shaxs haqida she’rlar ijro qilindi. Tadbir ishtirokchilariga Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasidan parcha ijro etildi. Tadbir so’nggida Sohibqiron siymosining butun dunyo tarixida adolat mezonini yuksak tutganligi alohida e’tirof etildi.

“Elektrotexnologiyalar va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati