Sohibqiron va Buyuk Ipak Yoʻli
2022 - yilning 5 - aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, t.f.d., prof. Sh.M. Oʻljayeva ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor M. Atamuratov, t.f.n, prof. J. Rahimov, respublika musiqa va sanʼat kolleji talabalari, TDTU “Oʻzbekiston tarixi” kafedrasining mudiri t.f.d., prof. R. Xoliqovalar maʼruza qildilar. Ushbu uchrashuvda prof. Sh.M. Oʻljayeva “Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk ipak yoʻli” mavzusida maʼruza qildi.
Maʼruzada taʼkidlanganidek, Amir Temur moʻgʻullar qoldirgan xarobalar oʻrnida oʻz davlatini barpo etar ekan, albatta, avvalgi zamonlarda hayot qaynagan Buyuk Ipak yoʻlini tiklash va rivojlantirishni asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilagan. Azaldan karvon yoʻlining markaziy nuqtasi boʻlgan qadimiy Samarqandni oʻzi qurgan davlatning poytaxti sifatida tanlaganida ham, avvalo, savdo-sotiqni rivojlantirish, shaharning ilgarigi mavqeini tiklashni nazarda tutgandi. Buyuk Ipak yoʻlini rivojlantirish masalasi Amir Temurga oson boʻlmagan.
Uning oldida moʻgʻullar davrida oʻlik shaharlarga aylangan, Buyuk Ipak yoʻliga hayot baxshida qilgan shaharlarni batamom qayta tiklash vazifasi koʻndalang turgan va u bu ishlarni birin-ketin, reja asosida amalga oshira boshlagan. Amir Temur va temuriylar davrida Buyuk Ipak yoʻli muhim tranzit, shahar va davlatlarning oʻzaro madaniy hamda ilmiy aloqalar oʻrnatishida muhim koʻprik rolini bajargan. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Universitet matbuot xizmati