Sohibqiron tavalludiga bag‘ishlandi
Joriy yilning 7-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 687 yil to'lishi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Yuksak ma'naviyat sohibqironning yengilmas kuchi" deb nomlangan tadbir dasturi tashkil etildi.
Ushbu tadbirga O'zbekiston xalq artisti Tesha Mo'minov, Oybek Xamraqulov, Bekzod Muxammadkarimov, Temuriylar tarixi muzeyi ilmiy xodimi Botirali Yo'ldoshevlar tashrif buyurdilar. Ma'rifiy tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.
So'ngra "TIQXMMI" Milliy tadqiqotlar universiteti Ma'rifiy tadbirni prorektor Ruzimurat Choriyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Davraga A.Oripovning "Sohibqiron" dramasida Amir Temur obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan Tesha Mo'minov so'zga chiqdi.
Keyinchalik "Energetika" fakultetining iqtidorli talabalari ijrosida she'riy chiqishlar qilindi. Sõngra esa O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oybek Xamroqulov o'zining "Sohibqironim bor mani" qo'shig'i va "Zulfiya" ansanbili õzining raqsi bilan davraga yanada fayz baģishladi. Musiqiy hordiq chiqarilgach sahnaga "Energetika" fakulteti talabalari oʻzlarining "Amir Temur va sulton Boyazidning" jangi sahna koʻrinishi bilan yakunladi.
"Energetika" fakulteti 2-bosqich talabasi T.Ergashov axboroti
Universitet matbuot xizmati