TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2022

Sohadagi muammolar

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida 2021 - yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlangan bo‘lib, joriy yilda yoshlar bilan ishlash ushbu dasturga asosan amalga oshiriladi. Dasturga asosan rahbariyat va yoshlar o‘rtasida muntazam uchrashuvlar tashkil etish asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Suv ta’minoti va oqova suv tizimini rivojlantirish hamda yagona siyosat olib borish boshqarmasi boshlig‘i Durxodjaev Djamshidxodja Fayzullaevich va vazirlik vakillari hamda “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 4 bosqich 407 guruh talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar, ichimlik va oqava suvlarni tozalash va qayta ishlash borasida respublikamiz hududida qilinayotgan ishlar, yangiliklar, sohadagi muammolar, oqava suvlarni tozalashdagi zamonaviy usullar, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Universitet matbuot xizmati