TIQXMMI yangiliklari

img
24.02.2024

Soha mutaxassislari bilan uchrashuv

    Joriy yilning 23- fevral kuni “Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Zamira Beknazarova boshchiligida “Gidravlika” kafedrasi professor oʼqituvchilari dotsent Tursunoy Аpakxujaeva, assistent Mushtariy Gʼafforova va fakultet tyutori Gulchexra Аxmedjanovalar tomonidan talaba qizlar bilan suhbat tashkil etildi.

Suhbat 4 - talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar oʼrtasida “Soha mutaxassislari bilan uchrashuv” deb nomlanib, mehmon sifatida psixolog- nutritsiolog Raʼnoxon Аtabaeva taklif etildi. U oʼz suhbatida “Sogʼlom turmush tarzi” haqida ma’lumot berdi va qizlarning ovqatlanish tartibi, vaqtida oʼqish va dam olish ahamiyati toʼgʼrisida  oʼz fikrlarini berib oʼtdi. Hozirgi kunda juda ham rivojlanib borayotgan internet – ijtimoiy tarmoqlardan oʼz oʼrnida foydalanish  kerakligi toʼrisida hayotiy misollar bilan zararli va foydali tomonlarini tushuntirib oʼtdi. Qizlar suhbatda juda faol ishtirok etib oʼz savollari boʼyicha dildan oʼrtoqlashishdi.

 

“Gidromelioratsiya” fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Beknazarova axboroti

Universitet matbuot xizmati