TIQXMMI yangiliklari

img
26.01.2024

 Soha mutaxasisi bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-yanvar kuni Universitetimizning G bino 104-xonasida “Gidrologiya va Gidrogeologiya” kafedrasi mudiri I.Ro’ziyev taklifiga binoan “Gidrogeologiya va Injenerlik geologiyasi institutidan tashrif buyurgan geologiya fanlari bo’yicha mutaxasis Boltayev Jaxongir Mamirovich 4-kurs talabalariga “Geofizika fani to’g’risida umumiy tushunlar” mavzusida seminar dars o’tib berdi.

Geofizik tadqiqotlar geologik, gidrogeologik va muhandislik geologiyasi masalalarini yechishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular geologiya-qidiruv ishlarining barcha bosqichlarida qo‘llaniladi, shu bois geologiya sohasi mutaxassislari geofizik usullar bilan hal etiladigan vazifalar xususida tushunchaga ega bo‘lishlari, shuningdek geofizik materiallarni talqin qilish asoslarini bilishlari lozim.  Tashrif buyurgan mutaxassis geofizik usullar majmuasi aniq geologik masalani yechishga mo‘ljallangan quyidagi fizik geologik sharoitga muvofiq ravishda tanlab olinishi kerakligini aytib o’tdi.

Geofizik tadqiqotlar 5 ta asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:

1.Magnitorazvedka;

2.Gravirazvedka;

3.Elektrorazvedka;

4.Seysmorazvedka;

5.Radiometriya va yadro-fizika.

Seminar darsda talabalar faol bo’lishdi hamda o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

             Universitet matbuot xizmati