Soha mutaхassislari bilan uchrashuv
2024 - yil 20 - aprel kuni “Ekologiya va huquq” fakulteti «Ekologiya va suv resurslarini boshqarish» kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 60710400- “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 301, 302-guruh talabalari ekologik nazorati bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda Toshkent shahar ekologik nazorat inspeksiyasi, Ma’muriy amaliyot hamda inspeksion tahlil bo‘yicha bosh mutaxassis Xabibov Xasan G‘ulom o‘g‘li ishtirok etdi. Uchrashuvda atrof-muhit va ekologiyani muhofaza qilish barqaror rivojlanish va tabiiy resurslarni kelajak avlodlar uchun saqlashni ta’minlashda o‘ta muhimligi aytildi. Ushbu sohadagi talab va standartlarga rioya etilishini nazorat qilish ekologik ofatlarning oldini, kadrlarga ehtiyoj va talabalar xususida batafsil so‘zlab berdi. Talabalar bergan savollariga asosli javob oldilar.
Universitet matbuot xizmati