Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va talabalarning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida muntazam ravishda sport tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 23-aprel kuni universitet Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich Yashkiloti yetakchisi Mohinur Yarbekova hamda "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Uraimova Xonzodabegim bilan birgalikda 2-talabalar turar joyida talaba qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida shaxmat va shashka boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa qizgʻin oʻtib, aql charxi boʻlgan shaxmat va shashka bahslari murosasizlik bilan davom etib, gʻoliblar aniqlandi hamda gʻolib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Universitet matbuot xizmati