TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

“Sog‘lom tanda - sog‘lom aql”

2024 yil 17 may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin – qizlar kengashi aʼzolari,  2-Talabalar turar joyida  talaba-qizlar ishtirokida “Sog‘lom tanda  - sog‘lom aql” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tyutor O.Abdullayeva, E.G‘aniboyevalar so‘zga chiqib, sog‘lom turmush tarzi-inson turmush sharoitlarini faollashtirish usuli bo‘lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‘ullanish  bo‘yicha talaba-qizlarga ma’lumot berdilar. So‘ngra qavat sardorlari bilan oshxona, san-uzellar ko‘zdan kechirildi va kerakli maslahatlar berildi. Tadbir so‘nggida kelgusida ishlar bo‘yicha fikr almashildi. 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva,  O.Abdullayeva axboroti

Universitet matbuot xizmati