Sog‘liq – tozalikka bog‘liq
Bugun “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli 3-talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Talabalar bilan tozalik bu sog‘lik garovi ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Gigiena doim muhim va unga roiya qilish kerakligi takidlab aytildi. Sanitariya- gigiena qoidalariga amal qilib yashash kerakligi tushuntirildi. Rakovina, unitaz va vannalarni sariq zang dog‘larini bartaraf etish uchun ularni 10 % lik nashatir spirtli aralashmalar bilan tozalash mumkin ekanligi aytildi.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D.Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati