Sogʻliq sportga bogʻliq
Bugun kunda davlatimiz rahbari kelajak yoshlarga va ularni tarbiyalashda kamarbasta boʻlayotgan ustozlarni oʻrni benihoyat katta ekanini ta'kidlaydilar. Ana shu soʻzlarni isboti oʻlaroq joriy yil boshidan "Yangi yilni sport bilan boshlang" shiori ostida "TIQXMMI" MTU da professor oʻqituvchilar, doktorantlar va ishchi xodimlar oʻrtasida Rektor kubogi boʻlib oʻtmoqda. Bugungi kun jarayonlarda futbol va stol tenisi oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Futbol bo‘yicha QXM va QSXET fakultetlari oʻrtasidagi musobaqa QSXET fakulteti jamoasining 2 : 0 hisobigagi g‘alabsi bilan qayd etildi. Ayollar oʻrtasidagi stol tennisi qizgʻin davom etmoqda, bunda nazoratni. Jismoniy tarbiya kafedrasi oʻqituvchisi dotsent Xodjanov Aziz oʻzi nazorat va murabbiylik vazifasini bajarib bormoqda. Bunda albatta, Jismoniy tarbiya kafedrasining oʻrni va jamoani mehnati qattiq singmoqda. Albatta, talaba yoshlarga taʼlim va tarbiya berib kelayotgan oʻqituvchilarni har dam Universitet boshqaruvi kengashi yaxshi qadrlaydi.
Universitet matbuot xizmati