TIQXMMI yangiliklari

img
02.12.2023

Sog’ tan sog’lom aql bilan

Joriy yilning 1 dekabr kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti xotin-qizlar bo’yicha dekan maslahatchisi, fakulteti tyutori boshchiligida  1-talabalar turar joyida "Sog’ tanda sog’lom aql" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. F.Yunusova talaba qizlarimizga yotoqxonada ahil inoq, bir oila bo’lib yashash, odob-axloq, tozalik, orastalik, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish va kiyinish madaniyati borasida ma’lumot berib o’tdi.

 D.Xursandova ham yig’ilish ishtirokchilariga gigiena qoidalariga rioya qilish orqali inson o’zini ko’pgina kasalliklardan himoya qilish hamda kasalliklarning oldini olish mumkinligi haqida gapirib o’tdi. Yig’ilish ishtirokchilari tadbirdan o’zlari uchun hayot yo’llarida kerak bo’ladigan qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

GTQ fakulteti tyutori  D.S.Xursandova axboroti

Universitet matbuot xizmati