“Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik tanlovi oʻtkazildi
Joriy yilning 20-aprel kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida “Siz qonunni bilasizmi?” koʻrik tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlov universitetda talaba-qizlar oʻrtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonun va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosa qilish hissini uygʻotish maqsadida oʻtkazildi.
Tanlovda ishtirokchi jamoalar sifatida fakultetdagi har bir yoʻnalish boʻyicha “Parlament”, “Qomus”, “Departament” jamoalari shakllantiriladi. Jamoalardagi ishtirokchilar soni 5 nafar talabalardan tuzildi.
Bundan tashqari tanlov davomida fakultet talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilar va tomoshabinlarga koʻtarinki ruh baxsh etdi. Jamoalar tomonidan tanlov shartlarini bajarilishini baholash boʻyicha xakamlar xay’ati a’zolari sifatida “Ekologiya va suv resurslarini boshqarish” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi H.Nazarov, universitet psixologi M.Muhammedova, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplians nazoroat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Gapparovlar ishtirok etishdi. Tanlov “Energetika” fakulteti dekanat hodimlari, tyuterllar, fakultet faollari tomonidan tashkillashtirildi.
Tanlov natijalariga koʻra 95 ball toʻplagan “Departament” jamoasiga 1-oʻrin, 85 ball toʻplagan “Qomus” jamoasiga 2-oʻrin va 80 ball toʻplagan “Parlament” jamoasiga 3-oʻrin nasib etdi. Jamoalar fakultet dekani tomonidan diplomlar bilan taqdirlandi.
Tanlov yakunida fakultet dekani soʻzga chikib, yoshlarga oid qonunlar ijrosini ta’minlash hamda aynan yoshlar hayotiga daxldor huquq va manfaatlarini himoya qiladigan, orzu va istaklarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashadigan, intilish va maqsadlariga erishish yoʻlida imkoniyatlar maydonini yarata oladigan islohatlar toʻgʻrisida tushunchalar berdi.
Oʻtkazilgan tanlovda talaba-qizlar inson huquqlari sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, inson huquqlari boʻyicha huquqiy savodxonlik, ularning ilmiy adabiyot, shu jumladan, chet el davriy nashrlarini hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullari toʻgʻrisida tushunchalarga ega boʻlishdi.
Mazkur tanlov talabalarga manzur boʻlib, keyingi bosqichlari universitetdagi fakultetlar miqyosida oʻtkazilishi toʻgʻrisida takliflarini bildirishdi.
Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboeva axboroti