Siz qonunni bilasizmi
2024-yil 14-may kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari, fakultet yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi bilan, talaba- qizlar ishtirokida “Huquqiy savodxonlikni oshirish” doirasida “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani Q.Shavazov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.G‘aniboyevalar so‘zga chiqib, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, ko‘rik tanloviga tuzilgan savollar amaldagi qonunlarimizga mos kelishi bo‘yicha bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘yin qizg‘in baxs-munozaralarga boy o‘tdi. 1-o‘rin - Bilag‘onlar, 2- o‘rin - Motivator, 3-o‘rin -Birdamlik jamoalari qo‘lga kiritdilar. Ko‘rik tanlovda faol qatnashgan guruhlardan “Balli qizlar”, “Huquqshunos” jamoalariga minnatdorchilik bildiramiz.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Хotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.G‘aniboyeva axboroti
Universitet matbuot xizmati