Singapurga xizmat safari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 uillagga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti stgategiyasining "Inson qadgipi ulug‘lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid, Davlat dasturining 215-bandi ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar QS (Quacquagelli Symonds Wogld University Rankings) va THE (Times Nigher Education) reytingining birinchi 1000 taligiga kiritish bo‘yicha, ishlarni tizimli ravishda tashkil qilish maqsadida TIQXMMI-Milliy tadqiqot universitetida xam keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022 yil 7-8 dekabr kunlari Singapur davlatining Singapur milliy universiteti (National university of Singapore) mezbonligida Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligining “THE Campus Live Se ASIA-2022” forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda «TIQXMMI-Milliy tadqiqot universiteti» delegasiyasi nomidan xalqaro reyting faoliyatini monitoring qilish bo‘limi mutaxassisi Sh.Ismonov ishtirok etdi. Ushbu tadbirga Xitoy, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya va AQSh delegatlari bilan bir qatorda mintaqa davlatlaridan delegatlar tashrif buyurishdi. Forum davomida rivojlangan ma’ruzachilar tomonidan qilingan ma’ruzlarda Universitetda ta’lim, tadqiqot, innovasiya, rivojlanish, raqamalashtirish va boshqa shu kabi dolzarb mavzularda o‘z tajribalari va erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Ma’ruzalarda takidlangan mavzular OTMlarning barqaror rivojlanish maqsad (SDG) larini amalga oshirish va bu yo‘nalishda ishlarni tashkil etishda sinalgan usul va tajribalardan foydalanish xar bir oliy ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lib xizmat qiladi. Forum doirasida ko‘plab OTMlardan kelgan delegatlar bilan suxbatlashish va fikr almashish xamda Singapur milliy universiteti (National university of Singapore) da ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish va boshqa jabhalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan xam yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lindi.